Abbosbek Fayzullayev SSKAdagilarni osh bilan mehmon qildi

Sport

image

16 aprel kuni Moskvaning SSKA klubi Rossiya kubogi doirasidagi “Baltika”ga qarshi javob o‘yinida (2:0) g‘alaba qozonib, turnir finaliga yo‘l oldi.

O‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan va ikkinchi golga mualliflik qilgan o‘zbekistonlik Abbosbek g‘alaba sharafiga jamoadoshlarini o‘zbekona osh bilan siyladi.

Ma’lumot uchun, 20 yoshli Fayzullayev joriy mavsum “armiyachilar” safida jami 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fayzullayev faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing