Abakan shahri meri YTHda vafot etdi
Olam
−
14 Oktabr 2019
4129
Rossiya Federatsiyasining Xakasiya Respublikasi Hukumatining veb-saytiga ko‘ra, Abakan rahbari Nikolay Bulakin baxtsiz hodisada vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Bugun Xakasiya tuzatib bo‘lmaydigan yo‘qotishlarga duch keldi. Respublika Hukumati nomidan va o‘z nomimdan o‘zimning chuqur hamdardligimni izhor etaman. Qarindoshlar va do‘stlarga jasorat hamda kuch bag‘ishlayman", dedi respublika rahbari Valentin Konovalov.
Krasnoyarsk o‘lkasi yo‘l politsiyasining xabar berishicha, R-257 avtomobil yo‘lining 433-kilometrida Nikolay Bulakin Ford Explorerda Qizil shahri tomonga qarab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotadi hamda ariqqa tushib ketadi.
"U tez yordam kelgunga qadar voqea joyida vafot etgan", deyiladi manbada.
Nikolay Bulakin 1952 yilda Tomskda tug‘ilgan. U ijtimoiy-siyosiy faoliyatini 1989 yilda boshlagan. 1995 yildan Abakan ma’muriyatini boshqargan. Bulakin besh marta bu lavozimga qayta saylangan.
LiveBarchasi