Abe nega o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Nara shahrida yashovchi 41 yoshli Tetsuya Yamagami diniy tariqat vakillaridan o‘ch olish uchun Yaponiyaning sobiq Bosh vaziri Sindzo Abeni o‘ldirgan. Bu haqda politsiyadagi manbalarga tayanib “Kyodo” agentligi xabar bergan. 

Qayd etilishicha, Tetsuya Yamagamining onasi diniy tariqat guruhiga katta miqdorda pul o‘tkazgan. Bu esa o‘g‘liga yoqmagan. Qasos sifatida u dastlab tariqat yetakchisini yo‘q qilishga tayyorlangan. Biroq Yamagami ushbu diniy uyushmani Sindzo Abe bilan bog‘liq degan fikr bilan sobiq Bosh vazirni o‘ldirishga qaror qilgan. 

Aytish joizki, avvalroq, hujumchi o‘z qilmishini Abening siyosati va xatti-harakati unga yoqmasligi bilan izohlab, biroq u sobiq Bosh vazirning bevosita siyosiy qarashlariga qarshi hech qanday adovati yo‘qligini ta’kidlagandi.

Kecha, 9 iyul kuni esa Nara politsiyasi boshlig‘i Tomoaki Onizuka matbuot anjumani o‘tkazib, politsiya yetarli darajada xavfsizlikni ta’minlamagani va uning bo‘limi Bosh vazirning o‘ldirilishining oldini olmagani uchun aybni o‘z zimmasiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 iyul kuni Sindzo Abe 10 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovi oldida ko‘chada tashviqot tadbirida nutq so‘zlayotgan vaqtida otib ketildi. 41 yoshli yaponiyalik Tetsuya Yamagami qo‘lbola o‘qotar qurol bilan uni ikki marta otib tashladi. Abe qutqaruv vertolyotida shifoxonaga yetkazildi. Shifokorlar unga qon quyishdi va bir necha soat davomida uning hayoti uchun kurashdilar. Sobiq bosh vazir mahalliy vaqt bilan soat 17:03 da vafot etdi, u 67 yoshda edi. 

2002 yildan 2005 yilgacha mamlakatning dengizdagi o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlarida xizmat qilgan erkakning uyidan portlovchi moddalar topildi. Erkakka rasman qotillik ayblovi qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2053

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing