Aholiga 350 ming bosh qo‘y va echki tarqatiladi

Jamiyat

image
Chorva mollarini ko‘paytirishga imtiyozli kredit va kompensatsiya beriladi north_east

Chorva mollarini ko‘paytirishga imtiyozli kredit va kompensatsiya beriladi

O‘zbekistonda o‘n kun muddatda kooperatsiya asosida aholiga 350 ming bosh qo‘y va echki tarqatiladi. Bunga 100 million dollar yo‘naltiriladi. Bugun, 16 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida shunday topshiriq berdi.

Yig‘ilishda soha mutasaddilariga viloyat va tuman hokimlari bilan birga bir hafta muddatda 67 ta yirik qo‘y va echkichilik xo‘jaliklarini tashkil etish ishlarini boshlash vazifasi qo‘yildi.

Shuningdek, viloyat hokimlari 2022 yilda qorako‘lchilik, qo‘ychilik, echkichilik va jun sanoatini rivojlantirish hisobiga 150 ming aholi bandligini ta’minlashi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Qayd etilishicha, yil yakuniga qadar 123 ta yirik loyihani ishga tushirish, har bir klasterda kamida 500 boshli chorva komplekslari tashkil etilish choralari belgilab olingan.

Bunda, 500 gektar maydonda ozuqa ekinlarini almashlab ekishni yo‘lga qo‘ygan, 2021 yilda 1 ming boshga ega yirik chorvachilik kompleksini ishga tushirib, 2022 yil yakuniga qadar 400 tonna go‘sht va 1,5 ming tonna sut ishlab chiqarishni rejalashtirgan Gurlandagi “Gurlan Baraka teks” klasteri namuna sifatida aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

787

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing