Aholi uchun issiqlik ta’minoti xizmatlarining narxi belgilandi

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligi issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlarni tasdiqladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unga ko‘ra, issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (bazaviy tarif) 397 ming 212 so‘m/Gkal mikdorida belgilandi.

Qarorga muvofiq, issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun chakana tariflar kuyidagilar uchun avvalgi narxlarda koladi:

•    aholi uchun – 91 ming 960 so‘m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amalda);

•    kichik, o‘rta va yirik biznes uchun – 141 ming 737 so‘m/Gkal (2019 yil 15 avgustdan amalda).

Byudjet tashkilotlari uchun esa chakana tarif – 502 067 so‘m/Gkalni tashkil kiladi.

Narxlar e’lon qilingan kundan boshlab 15 kun o‘tib, ya’ni 2022 yil 21 oktyabrda kuchga kiradi.

Bazaviy va chakana tariflar o‘rtasidagi farq Toshkent shahrining mahalliy byudjeti hisobidan subsidiyalanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

215

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing