Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi

Jamiyat

image

Aholi punktlarining xavfsizlik pasportlari tuziladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirining “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlari va ob’ektlarning namunaviy xavfsizlik pasportlarini tuzish va tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug‘i qabul qilindi.

Qayd etilishicha, xavfsizlik pasportini tuzishning asosiy maqsadi aholi punktlari va ob’ektlar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularni monitoring va tahlil qilish orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishdan iborat.

Tuman (shahar) hokimliklari favqulodda vaziyatlar bo‘limlari orqali mahallalarga xavfsizlik pasportlarini shakllantirish haqida xabarnoma yuborishadi.

Xavfsizlik pasportlari 5 ta jadvaldan iborat bo‘lib, quyidagi ma’lumotlarni aks ettiradi:

  • umumiy maydon, km;
  • mahalla aholisi soni;
  • mahalla xonadonlari soni;
  • ko‘p qavatli/ yakka tartibdagi uylar soni;
  • aholi zichligi;
  • xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlar soni;
  • ijtimoiy va iqtisodiy ob’ektlar soni. 

Shuningdek, quyidagi aholi gavjum to‘planadigan ob’ektlar soni ko‘rsatiladi: 

  • sog‘liqni saqlash muassasalari;
  • maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, professional ta’lim va oliy ta’lim muassasalari;
  • savdo komplekslari;
  • madaniyat va sport muassasalari;
  • masjidlar.

Hujjatda o‘tgan yil davomida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar soni hamda favqulodda vaziyat natijasida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararning taxminiy miqdori ko‘rsatiladi.

Bildirilishicha, hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.10.2024 yildan kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Aholi punktlari xavfsizlik pasportlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar