Aholi foydalanayotgan yerlarini xususiylashtirishi uchun to‘lov kamaytirildi
Jamiyat
−
10 dekabr 2022
11303Aholi o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yerlarni xususiylashtirish to‘lovi qisqardi. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov ma’lum qildi.
2022 yil 30 noyabrda Vazirlar Mahkamasining 685-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2022 yil 14 fevraldagi 71-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Qayd etilishicha, hozirga qadar aholi o‘ziga tegishli bo‘lgan davlat ro‘yxatidan o‘tgan yerlarni xususiylashtirish to‘lovi yillik yer solig‘ining 20 baravari miqdorida edi. Endilikda bu qiymat Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari, boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida belgilandi.
Shuningdek, qarorda:
- xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymatini tabaqalashtirilgan holda kamaytirish;
- yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish muddatlari va bosqichlarini qisqartirish;
- yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larning bir qismini tuman va shaharlar ixtiyorida qoldirish;
- kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishning xususiyatlarini belgilandi.
Qarorga ko‘ra, amalda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini auksionga chiqarish bosqichlari qisqartirilib, ijara huquqi bilan yer olishda 48 ish kuni, mulk huquqida 74 ish kunigacha sarflangan vaqt endilikda 16 va 22 ish kunigacha qisqartirildi.
Yerlarni hududiy arxitektura va shaharsozlik kengashi bilan kelishgan holda, master-reja asosida auksionga chiqarish orqali jarayonlarni tezlashtirish ko‘zda tutildi.
Yerlarni bosh rejada nazarda tutilgan lotlarga muvofiq, sodda tartibda tadbirkorlarga berish amaliyoti joriy etiladi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi