Aholi hamda tadbirkorlardan 18 turdagi ma’lumot va hujjatni talab qilish to‘xtatiladi

Jamiyat 8342
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan 2021 yil 1 iyundan davlat xizmatlari ko‘rsatish va ortiqcha tartib-tamomillarni qisqartirish bo‘yicha quyidagi yengilliklar yaratilmoqda:

7 ta turdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini (tug‘ilish, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralish, o‘lim, ism va familiyani o‘zgartirish, otalikni belgilash hamda farzandlikka olishni) qayd etish;

nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;

xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish eksterritorial tamoyil asosida amalga oshiriladi.

Notarial harakatlarni amalga oshirishda FHDYO bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar fuqarolardan talab qilinmasdan elektron tizimi orqali olinadi. 

Tadbirkorlik sub’ekti bo‘lgan yuridik shaxslarning vakiliga davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yig‘im va davlat bojini naqd pul shaklida to‘lashga ruxsat berildi.

Shuningdek, xorijiy tijorat tashkilotlarining O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimini akkreditatsiya qilishda OITS kasalligi yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikatni talab qilish amaliyoti bekor qilindi.

QR-kod (matrik shtrixli kod) orqali berilgan hujjatlar bo‘yicha ularning dublikatlarini berish tartibi bekor qilindi. Endilikda ushbu hujjatlarning dublikatini YAIDXP orqali bepul olish mumkin.

450 dan ortiq qonun hujjatida belgilangan 18 turdagi ma’lumot va hujjatlarni aholi hamda tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilindi, ushbu hujjatlar vakolatli davlat organi tomonidan “Elektron hukumat” platformasi orqali olinadi.

18 turdagi ma’lumotlarni va hujjatlarni idoralararo integratsiyalashuv platformasidan foydalangan holda “Elektron hukumat” tizimi orqali berish yo‘lga qo‘yiladi. Natijada aholining idorama-idora sarson bo‘lib yurishi oldi olinadi.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 274
Reyting: 3
t
×