Ahmadaliyevning navbatdagi raqibi kimligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Professional boksning yengil vazn toifasida WBA va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev IBF kamariga majburiy da’vogar Marlon Tapalesga qarshi ringga chiqadi. Bu haqda “Mir Boksa” promouterlik kompaniyasi xabar bermoqda.

IBF ushbu jangni rasman tasdiqlagan. Tashkilot bokschilarning vakillariga kelishuvga erishish uchun 25 oktyabrgacha muhlat bergan. Agar tomonlar kelisha olmasa, IBF ochiq promouterlik savdosini tayinlaydi. Natijada g‘olib tomonidan taqdim etilgan mukofot jamg‘armasi chempion foydasiga 65 ga 35 ko‘rinishida bo‘linadi.

Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev professional boksda 11 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Ahmadaliyev 8 ta jangda raqiblarini muddatidan avval taslim qilgan. O‘zbekistonlik bokschi oxirgi jangida Ronny Riosni mag‘lub etgan.

Marlon Tapales 36 ta jangda ringda ko‘tarilib, bor-yo‘g‘i 3 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Marlon 19 ta jangida nokaut evaziga g‘alabaga erishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Murodjon Ahmadaliev

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing