90 nafar abituriyent uchun alohida test sinovlari o‘tkaziladi – DTM
Jamiyat
−
14 Sentabr 2020
8273Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlari jarayonida tana harorati yuqoriligi sabab imtihondan chetlashtirilgan abituriyentlar uchun joriy yilning 17 sentyabr kuni qayta test sinovlari o‘tkaziladi. Bu haqda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 19 iyundagi 1-son bayoniga muvofiq, tana harorati 37⁰ C dan yuqoriligi sababli imtihonlardan chetlashtirilgan abituriyentlar uchun 17 sentyabr kuni test sinovlari o‘tkaziladi.
Ushbu, test sinovlariga kiritilmagan abituriyentlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tayyorlangan stadion va xiyobonlarda imtihon topshiradi.
Ma’lumot uchun, bu yilgi oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida1 mln 304 194 nafar abituriyentdan 1 mln 240 614 nafari (95,1 foizi) ishtirok etgan. 63 580 nafar(4,9 foizi) abituriyent esa turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmagan.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi