9-sinf o‘quvchisi YTH sodir etdi

3-sahifa

image

Farg‘ona maktabning 9-sinf o‘quvchisi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. 16 yashar o‘quvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lmay turib Labo rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib,  traktor tirkamasi bilan to‘qnashgan. Natijada, o‘quvchi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yilning 14 sentyabr kuni soat 13:45 larda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani, Tinchlik shaharchasi hududidan o‘tgan 4R-148 B temir yo‘l vokzaliga kirish avtomobil yo‘lining 5 kmda sodir bo‘lgan. 

Aniqlanishicha, Bag‘dod tumani Chuvalanchi qishlog‘ida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan fuqaro, Oltiariq tuman Tinchlik shaharchasida yashovchi 1970 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli bo‘lgan Labo rusumli avtomobilni tegishli hujjatlarsiz boshqargan.

16 yoshli haydovchi harakat vaqtida tajribasizligi sababli boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga o‘tib ketgan. Natijada ushbu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1983 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi traktorning tirkamasiga kelib urilib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

194

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing