9-sinf o‘quvchisi otasining mashinasida avtohalokatga uchradi (video)

3-sahifa

image

Toshkentda mashinani haydab, yo‘l-transport hodisasini keltirib chiqargan to‘qqizinchi sinf o‘quvchisining otasi javobgarlikka tortildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, joriy yilning 15 iyun kuni tonggi vaqtda Toshkent shahri 64-son maktabning 9-sinfini bitirgan ikki nafar sinfdosh davlat raqam belgisi yechilgan holdagi BYD rusumli transport vositasini boshqarib chiqib, tajribasizligi oqibatida Yutong rusumli yo‘lovchi avtobusining orqa tomoniga urilgan. Bu vaqtda avtobus ichida yo‘lovchilar bo‘lmagan va hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Holat yuzasidan transport vositasini hujjatsiz boshqargan yigitning otasiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yuk mashinasi hamda Lacetti rusumli avtomobil to‘qnashib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing