Farg‘onadagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi
3-sahifa
−
12:36 1406 1 daqiqa
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida yuk mashinasi hamda Lacetti rusumli avtomobil to‘qnashib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 14 iyun kuni soat 13:30 larda O‘zbekiston tumanining “A.Jomiy” MFY, A.Navoiy ko‘chasi hududidan o‘tgan D-098 “Qo‘qon — Yaypan — Isfara” avtomobil yo‘lining 21-kilometrida 2008 yilda tug‘ilgan haydovchi R.N. (ayol) Lacetti rusumli avtomobilini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasiga amal qilmasdan qarshi yo‘nalishga chiqqan va o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan 1973 yilda tug‘ilgan R.O. boshqaruvidagi FAW TIGER rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan.
Oqibatda Lacetti rusumli avtomobil haydovchisi R.N. (ayol) hamda avtomobilda bo‘lgan 2007 yilda tug‘ilgan yo‘lovchi Z.Sh. shifoxonada vafot etgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida Damas va Nexia o‘rtasida uyushtirilgan poygada ikki kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi