Koronavirus va oxirzamon vahimasi: to‘qqizinchi sayyora haqida yana gapira boshlandi
Bu qiziq
−
20 aprel 2020
28805Qo‘rquv ratsional fikrlashni o‘chiradi va ongimizga hamma narsani boshqacha tushunishga imkon beradi. Bugungi kunda turli kasalliklar va tabiiy ofatlar avj olib turgan bir vaqtda yanada vahimali ma’lumotlarga to‘la xabarlar paydo bo‘lmoqda. Ana shunday gap-so‘zlardan biri Nibiru – Quyosh tizimidagi 9-sayyora haqida. Ushbu sayyora Yerga yaqinlashgani va to‘qnashuv sodir bo‘lishi ehtimoli haqidagi ma’lumotlar har yili paydo bo‘ladi. Xo‘sh, bu haqda NASA nima deydi?
9-sayyora haqiqatan bormi?
Nibiruning Yer bilan to‘qnashishi haqidagi xabarlar har yili dekabr oyida paydo bo‘ladi. Aytgancha, olimlar Mayya sivilizatsiyasining qadimiy matnlarini shifrlashgan va dunyo 2012 yilda Yerning boshqa sayyora bilan to‘qnashuvi oqibatida yo‘q bo‘ladi, oxirzamon bo‘ladi degan xulosaga kelishdi. Qadimgi matnlarga ko‘ra, to‘qnashuv vulqonlar, zilzilalar va tornadolarning otilishiga olib keladi, bu esa insoniyatning o‘limiga sabab bo‘ladi, deya hisoblashgan edi o‘shanda olimlar.
Aslida, ijtimoiy tarmoqlardagi ushbu mazmundagi barcha yangiliklar hech qanday dalil bilan tasdiqlanmagan soxta xabarlardir.
NASA’da ushbu xabarlardagi ma’lumotlarning soxta ekanligini tasdiqlovchi bir qancha dalillar mavjud. Agentlik ulardan ayrimlari bilan o‘rtoqlashdi.
Nima uchun u sirli sayyora?
Masalan, biron bir sayyora Yerga yaqinlashsa, u holda uning harakati uzoq vaqt - bir necha oydan bir necha yilgacha kuzatilishi mumkin. U ustida izlanishlar, tadqiqotlar olib boriladi. Uni o‘rganishga kirishiladi. Bundan tashqari, qo‘lida teleskopi bor har qanday odam osmon jismining harakatlanishini kuzatishi mumkin.
Bu shuni anglatadiki, samoviy jismlar nafaqat kosmik agentliklarga, balki havaskor astronomlarga ham ko‘rinadi. O‘rtacha teleskopga ega bo‘lgan har qanday odam begona samoviy jism borligini osongina sezishi mumkin. Aytgancha, butun dunyo bo‘ylab o‘n minglab odamlar o‘z teleskopiga ega ekanligi hisob-kitob qilib chiqilgan.
Bundan tashqari, ulkan samoviy jismning yaqinlashishi boshqa sayyoralarning orbitalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilgan, astronomlar esa buni shubhasiz payqashgan bo‘lardi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, Nibiru sayyorasi quyosh tizimining sakkizta sayyorasi qatoriga kirmaydi.
Ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, Nibiru Quyosh atrofini 3600 yilda bir marta aylanib chiqadi. Bu haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi, chunki boshqa sayyoralarning orbitalariga ta’sir qiladigan sayyoraning mavjudligi milliardlab yillar oldin sayyoralar tizimini yo‘q qilib yuborgan bo‘lar edi. Xulosa kelib chiqadi-ki, Nibiru sayyorasi umuman mavjud emas.
To‘qqizinchi sayyora va koronavirus pandemiyasi
Ba’zi olimlar Nibiru afsonasini va to‘qqizinchi sayyoraning mavjudligi haqidagi gipotezani uyg‘unlashtirishga harakat qilmoqda. Ular Quyosh tizimining tashqi mintaqasida, taxminiy sayyora borligiga ishonishadi.
Agar to‘qqizinchi sayyora haqiqatan ham mavjud bo‘lsa, u Neptun orbitasidan 4-5 marta radius masofada quyoshga yaqinlasha oladi xolos. Bu shuni anglatadiki, to‘qqizinchi sayyora Yerdan uzoqda va orbitalarning tarqalishiga ta’sir qila olmaydi, deyiladi agentlik ma’lumotlarida.
Oldinlari ham soxta ilmiy nazariyalar inqiroz davrida keng tarqalgan, chunki qo‘rquv oqilona fikrlashni o‘chiradi va ongimizga hamma narsani boshqacha tushunishga imkon beradi. Tasdiqlanmagan yangiliklar va soxta xabarlarning tarqalishi odamlarni tashvishga solmoqda va vahima qo‘zg‘atmoqda. Chunki odamlar koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq stressga uralashib qoldi.
“Vahimga tushmaslik uchun, eng avvalo, joriy etilgan tartib-qoidalarga amal qilish, ishonchli manbalardan yangilik olish va qabul qilgan axbaorotlarini o‘z tafakkurida qayta ishlash, uni boshqa hodisalar bilan taqqoslash kerak bo‘ladi”, deyiladi NASA tavsiyasida.