9 oyda O‘zbekistonga 104 mln dollarlik benzin import qilingan 

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 104 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 289 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Avtomobil benzini importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 137 mln litrga oshgan.

O‘zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:

  • Rossiya – 140,5 mln litr;
  • Turkmaniston – 126,8 mln litr;
  • Qozog‘iston – 16 mln litr;
  • Iroq – 3,6 mln litr.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga qiymati 100 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 281,6 million litr avtomobil benzini import qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing