9 oyda tabiatga zarar yetkazganlardan 16,3 mlrd so‘m undirildi – Ekologiya qo‘mitasi

Jamiyat

image

O‘tgan 9 oy mobaynida 34 275 nafar shaxs atrof-muhitni asrashga oid qonunchilik hujjatlari talablarini buzgani aniqlandi. 32 mlrd so‘m ma’muriy jarima va tabiatga yetkazilgan zararlar hisoblanib, 16,3 mlrd so‘m undirib olingan. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

1365 ta holat bo‘yicha 15 mlrd so‘m jarima va tabiatga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan tayyorlangan materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga kiritilgan. 12 ta holat bo‘yicha 1,6 mlrd so‘mlik da’volar yuzasidan qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.

Huquqbuzarlardan 376 dona hayvon va parranda, 1 900 kg baliq, 49 637 kg dorivor va oziq-ovqatbop o‘simliklar, 1520 m. kub o‘tin, 45 ta ov qurol va 570 ta aslaxa va boshqa inventarlar olib qo‘yilgan.

Inspeksiya tomonidan 23 ta idoraviy xizmat tekshiruvlari o‘tkazilib, natijasi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar va xodimlarga chora ko‘rish yuzasidan tegishli takliflar kiritildi va ijroga qaratilgan. 

Jumladan, Bosh prokuratura, Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Ombudsman) taqdimnomalari, fuqarolar murojaatlari hamda boshqa asoslarga muvofiq Surxondaryo, Jizzax, Navoiy, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahar boshqarmalarida xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan.

Davlat inspektorlari tomonidan aniqlangan huquqbuzarlik holatlari 2020 yilning mos davriga nisbatan

•    Qoraqalpog‘iston Respublikasida 114 foizga;
•    Buxoro viloyatida 112 foizga;
•    Qashqadaryo viloyatida 108 foizga;
•    Andijon viloyatida 104 foizga;
•    Xorazm viloyatida 70 foizga;
•    Toshkent viloyatida 74 foizga.
•    Jizzax viloyati va Toshkent shahrida 80 foizga o‘sish kuzatilgan.

Respublika bo‘yicha 1 ta inspektor uchun aniqlangan qonunbuzilish holati 25 tani, belgilangan jarima 14,5 mln so‘mni, hisoblangan zarar 9,4 mln so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, “Xavfni tahlil qilish nizomi”ga asosan korxonalar faoliyatini tahlil qilish, sohaga oid qonun talablarini buzib faoliyat yuritayotgan korxonalarda vakolatli organ bilan kelishilgan tartibda jami 221 ta tekshirish o‘tkazilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

10

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing