9 oyda nechi kishi vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 9 oyi davomida O‘zbekistonda 132,1 ming o‘lim holati qayd etilgan va eng ko‘p o‘lim uchinchi chorakka to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Statqo‘mga ko‘ra, joriy yilning dastlabki ikki choragida 79,7 mingta o‘lim holati qayd etilgan. Xususan, dastlabki choragida 39,6 ming, ikkinchi choragida 40,1 ming, uchinchi choragida esa 52,4 ming o‘lim ro‘yxatga olingan.

Uchinchi chorakda o‘lim holati ikkinchi chorakka nisbatan 12,3 mingga, birinchi chorakka nisbatan esa 12,8 mingga ko‘p bo‘lgan. 

Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili ham eng ko‘p o‘lim holatlari aynan uchinchi chorakka (51 ming 212) to‘g‘ri kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

214

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing