9 oyda nechta yangi masjid foydalanishga topshirilgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
07 noyabr 2022 7606 1 daqiqa
2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda 11 ta yangi masjid davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
O‘zbekistonda 9 oy ichida jami 11 ta yangi masjid foydalanishga topshirilgan. Natijada mamlakatda umumiy masjidlar soni 2112 taga yetdi.
Shuningdek, joriy yilning 9 oyi davomida 49 ta masjid qayta qurilgan, 35 tasi qayta ta’mirlangan.
Bundan tashqari, hozirgi kunda respublikada 325 ta masjidda qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr