9 oyda qancha o‘zbekistonlik xorijga ishlashga jo‘natilgani ma’lum qilindi

Jamiyat

image

2022 yil 9 oyi davomida Rossiya Federatsiyasi, Koreya, Qozog‘iston, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Yaponiya kabi davlatlarga 27 mingdan ortiq fuqaro manzilli ravishda ishlashga jo‘natilgan. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati rahbari Ortiqxo‘ja Norov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, xorijning vakolatli tashkilotlari va ish beruvchilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Buyuk Britaniya, Bolgariya, Latviya, Polsha, Germaniya, Serbiya, Finlyandiya, Rossiya, Qozog‘iston kabi davlatlardan 474 ta tashkilot bilan hamkorlik kelishuvlari imzolanib, ularda 13 mingga yaqin bo‘sh ish o‘rinlari aniqlangan.

Ta’kidlanishicha, xorijiy tashkilotlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, Koreya Respublikasiga 3825 nafar, Buyuk Britaniyaga esa 77 nafar fuqaroni ishga jo‘natishga erishilgan.

O‘zbekistonlik mehnat migrantlari huquq va manfaatlarini himoya qilish va moddiy yordam ko‘rsatishda jami 206 mingdan ortiq fuqaroga xizmatlar ko‘rsatilgan. Shundan, 183 mingdan ortig‘iga maslahat xizmati, 6 063 nafariga huquqiy, 15 mingdan ortig‘ia ijtimoiy, 2 595 nafariga moddiy yordam, shundan, 1009 nafariga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan, jami 50 255 AQSH dollari miqdorida bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, 198 nafar fuqaro vaqtinchalik xostellarga joylashtirilgan, og‘ir vaziyatlarga tushib qolgan 844 nafar fuqaro esa O‘zbekistonga olib kelingan.

Shuningdek, agentlikning xorijdagi vakolatxonalari aralashuvi bilan migrantlarning ish beruvchilaridan 834 ming AQSH dollari miqdoridagi ish haqlari undirib berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

110

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing