9 oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonda 150 ming 183 dona yengil avtomobil ishlab chiqarildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, ushbu davr mobaynida mamlakat korxonalari tomonidan 314,8 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. 

Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida 150 ming 183 dona yengil avtomobil, 2 ming 919 dona yuk avtomobili, 696 dona avtobus ishlab chiqarilgan. 

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish sanoatida ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga kamaygan, avtobus ishlab chiqarishda esa 34,1 foizga oshgan. 

Endi yengil avtomobil ishlab chiqarish sanoatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, joriy yilning 9 oyida avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 43 ming 316 dona Cobalt, 16 ming 479 dona NexiaT-250, 30 ming 79 dona Lacetti-Gentra, 42 ming 356 dona Damas, 6897 dona Spark hamda 11 ming 56 dona Labo avtomobili ishlab chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

130

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing