9 may sanasini ortiqcha siyosiylashtirmang – “Yuksalish” harakati

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 9 may – Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadi. Har yili may oyi boshlarida turli rasmiy va norasmiy doiralarda ushbu kunni siyosiylashtirishga bo‘lgan harakatlar kuzatiladi. “Yuksalish” umummilliy harakati shu masalada bayonot berdi.

“O‘zbekiston uchun 9 may qanday chuqur qadriyatlarni aks ettirishini xalqaro hamjamiyat tushunishi muhim, deb hisoblaymiz.

Birinchidan, ushbu kunda insoniyat tarixidagi eng dahshatli va qonli Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan yarim milliondan ziyod o‘zbekistonliklarning ruhi xotirlanadi.

Ikkinchidan, 9 may — urushda qatnashgan 1,5 milliondan ortiq vatandoshimizning jasoratini, front hududlaridan O‘zbekistonga ko‘chirilgan bir millionga yaqin oila va bolalarni qabul qilgan  xalqimizning bag‘rikengligini anglash va qadrlash kuni. 

Uchinchidan, bu kunda Jahon urushidan oldin va keyingi tariximizda Vatanimiz tinchligi va ravnaqi uchun jonini fido qilgan barcha ajdodlarimiz xotirlanadi. Hayot bo‘lganlariga esa hurmat va ehtirom ko‘rsatiladi, qo‘llab-quvvatlash choralari ko‘riladi. 

Bir so‘z bilan aytganda, 9 may — fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba kunigina emas, balki xalqimiz urush va tinchlikda ko‘rgan katta fojialardan xulosa chiqarish, bugungi tinchlikning qadriga yetish kuni sifatida jamiyatimiz ongu shuuridan joy olgan qadriyatdir”, deyiladi harakat bayonotida.

Shuning uchun, “Yuksalish” 9 may sanasini ortiqcha siyosiylashtirmaslik,  andozalashtirishga berilmaslik, vazmin va jamiyat qadriyatlariga tayangan holda nishonlash — eng to‘g‘ri va ma’qul yo‘l ekanini ta’kidlab o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing