84 marta qoida buzgan Hyundai auksionga qo‘yilishi mumkin

3-sahifa

image

Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 84 marta qoida buzgan haydovchi salkam 38 mln so‘mlik jarima  to‘lashi kerak, aks holda unga tegishli Hyundai Elantra rusumli avtomashina auksionda sotilishi mumkin. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot kotibi Farrux Toshpo‘latov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Bildirilishicha, MIBning Shayxontohur tuman bo‘limi ish yurituvida  qarzdor  fuqaro Z.J.dan Toshkent shahar IIBB YHXBning qarorlariga asosan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128-3-modda(tezlikni oshirish)si 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni 84 marotaba sodir etib,  undiruvchi davlat foydasiga jami 37 mln 594 ming so‘m  miqdorida ma’muriy jarima undirish haqidagi ijro hujjatlari mavjud. Byuroning Shayxontohur tumani bo‘limi davlat ijrochisi qarzdor fuqaroni bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramay, u qarzini to‘lashdan bo‘yin tovlagan. 

Oqibatda MIBning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, salkam 38 mln so‘m miqdoridagi  qarzini undirish maqsadida qarzdorga tegishli Hyundai Elantra rusumli avtotransport vositasi harakatdan to‘xtatilib,  jarima maydonchasiga keltirilgan.

“Yo‘llarda harakatlanish qoidalariga  hamma –  xoh haydovchi,  xoh piyoda bo‘lsin  amal qilishi shart. Haydovchi va piyodaning  mas’uliyat  bilan harakat qoidalariga yondashishi ko‘ngilsiz hodisalarning oldini oladi. Biroq, ayrim haydovchilar buni his qilmasligi oqibatida o‘z cho‘ntaklariga zarar keltiradi”, deydi MIB matbuot kotibi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent MIB jarima Hyundai Elantra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing