80 yoshni qarshilagan Bayden tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
Olam
−
23 noyabr 2022
3246AQSH Prezidenti Jo Bayden tez orada yillik sog‘liq tekshiruvlaridan o‘tadi va natijalar jamoatchilikka e’lon qilinadi. Hozircha shifokorlar Amerika yetakchisining ahvoli yaxshi ekanini aytmoqda. Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per aytdi.
“Prezidentning sog‘lig‘i yaxshi, u faol hayot tarzini olib boradi, shifokor buni men bilan baham ko‘rdi. U bir oy ichida baholanadi, natijalar o‘tgan yildagidek e’lon qilinadi”, deydi Jan-Per brifingda.
Bayden joriy yilning 20 noyabr kuni 80 yoshga to‘ldi. Jan-Per tibbiy hisobot Bayden 2024 yilgi saylov kampaniyasi rejalarini e’lon qilishidan oldin ommaga e’lon qilinishiga aniqlik kiritmadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Shukrona kuni va Rojdestvo o‘rtasidagi hafta davomida rafiqasi bilan gaplashib, saylovda ishtirok etish borasida aniq xulosaga kelishni va’da bergandi.
Jan-Per shifokorlarning xulosasi "yaqin bir necha oy ichida" berilishini ta’kidladi.
"Aniq sanalar yo‘q, biz o‘tgan yilgidek ochiq taqdim etamiz", deya qo‘shimcha qildi u.
Baydenning salomatligi bilan bog‘liq so‘nggi xulosalar o‘tgan yilning shu davrida taqdim etilgan edi.
“Amerika yetakchisi Jo Baydenning sog‘lig‘i qoniqarli holatda va bu uning AQSH Prezidenti vazifasini bajarishiga to‘sqinlik qilmaydi”, degan edi Prezidentning shaxsiy shifokori Kevin O’Konnor.
LiveBarchasi