O‘zbekistonda telefon raqami 1 mlrd so‘mga sotildi

Jamiyat

image

Bugun, 20 mart kuni O‘zbekistonda 8 ta noldan iborat telefon raqami 1 milliard so‘mga sotildi. Bu haqda UZEX MOBILRAQAM portalida ma’lum qilindi. 

Qayd etilishicha, UZEX MOBILRAQAM portalida sakkizta noldan iborat telefon raqami 1 milliard 70 million so‘mga xarid qilingan. 

Ushbu telefon raqami 12 mart kuni sotuvga chiqarilgan bo‘lib, boshlang‘ich narxi 200 million so‘m etib belgilangandi. 20 kodli simkarta O‘zbekistonda yaqinda tashkil etilgan mobil operatoriga tegishli ekani aytilmoqda. Auksion qoidalariga ko‘ra, xaridordan komissiya yig‘imi ham undiriladi. Mijoz jismoniy shaxs ekani ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan 01 777 RRR avtoraqami 894 mln so‘m (75 ming dollar) ga sotilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing