8 oyda xorijdan qancha o‘zbekistonlikning jasadi olib kelingani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
14 Sentabr 2021
11319Joriy yilning 8 oyi davomida xorijda vafot etgan 323 nafar fuqaroning jasadi olib kelingan, 271 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolar esa qaytarilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.
O‘tgan davr mobaynida 4 ming 150 nafar mehnat migrantiga bir martalik moddiy yordam ajratilib, 219 nafar mehnat migranti vaqtincha xostelga joylashtirilgan.
Shuningdek, og‘ir tan jarohati olgan 11 nafar mehnat migrantining tibbiy xizmat xarajatlari qoplab berilgan.
Mehnat migrantlarining ish beruvchilar tomonidan to‘lanmay turgan qariyb 692,7 ming AQSH dollari miqdoridagi ish haqi va pullik kompensatsiyalari undirib berilgan.
LiveBarchasi