8 martdagi bir kunlik tadbirga 7 mlrd so‘m sarflangani aniqlandi
Tahlil
−
07 noyabr 2022
166378 mart — Xalqaro xotin qizlar kuni bayrami munosabati bilan poytaxt Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida tashkil etilgan bayram tadbiriga qariyb 7 mlrd so‘m sarflangan. Bu haqida davletovuz Telegram kanalida ma’lum qilindi.
Shuningdek, xabarga O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov tomonidan tasdiqlangan haqiqiy xarajatlar smetasi ilova qilingan.
“8 mart – xotin qizlar kuni”ga bag‘ishlangan tantanali tadbirni tayyorlash va o‘tkazish uchun haqiqiy xarajatlar smetasiga ko‘ra, Kongress-xolda tashkil etilgan bayram tadbiriga dasturxon tuzash davlatga naq 1 mlrd 295 million so‘mga tushgan. Bu xizmat esa "SKY EVENTS" MCHJ tomonidan ko‘rsatilgan. Esingizda bo‘lsa, "SKY EVENTS" MCHJga avval ham boshqa bir davlat tadbiri – joriy yilning 24−26 mart kunlari o‘tkazilgan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham forumni tashkillashtirish xarajatlari uchun 7 mlrd 264 mln so‘m to‘langan edi. O‘shanda bu jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘lib, keskin tanqid qilingandi ham.
Bundan tashqari, 8 mart bayramining bir kunlik tadbirini tashkillashtirgani uchun “OMMAVIY HALQ BAYRAMLARI” MCHJga 1 mlrd 77 mln, Xalqaro kongress markazining ijarasi uchun esa 1 mlrd 67 mln so‘m to‘langan.
Shuningdek, “oshib-toshib” yotgan byudjetimizdan tadbir dekoratsiyalari uchun 454 mln, ovoz uskunalari ijarasi uchun 425 mln, yoritish-texnik uskunalar ijarasiga 359 mln, gullar uchun esa 124,5 mln so‘m to‘langan.
Boshlovchi va tabriklashga chiqadigan erkaklar uchun kostyum sotib olish 57 mln 565 ming sarflangan.
Eslatib o‘tamiz, bunday ko‘pxarj tadbir mamlakatimizda birinchisi emas. Avvalroq Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining “Toshkent xalqaro investitsiyalar forumi” doirasidagi taomnomasi jami 15 mln dollarga tushgan edi.
LiveBarchasi