77 yil oldin sodir etilgan qotilliklar: Germaniyada 96 yoshli ayol hibsga olindi
Olam
−
01 Oktabr 2021
23225Germaniya politsiyasi fashistlarning Shtutgof lagerida kotib bo‘lib ishlagan 96 yoshli Irmgard Furxnerni hibsga oldi. U sudga kelishi kerak bo‘lgan. Biroq, ko‘rinish bermagan. Bu haqda RIA Novosti mahalliy OAVga tayanib yozmoqda.
Germaniya matbuoti xabariga ko‘ra, keksa ayol erta tongda Gamburg yaqinidagi qariyalar uyidan chiqib, taksida Nordershtedt-Mitte bekatiga borgan. Uning qaysi tomon yo‘nalgani ma’lum emas, lekin ilgari Furxnerning o‘zi sudyaga yozgan maktubida u kulgiga qolishdan va masxara bo‘lishdan qo‘rqishini aytgan.
Politsiya ayolni mahalliy vaqt bilan 13:50 da ushlagan va uni Langenxorn stansiyasiga olib borib, so‘roq qilgan.
Furxner 1943 yil iyundan 1945 yil aprelgacha Shtutgof konslagerining komendanti kotibi bo‘lib ishlagan. Itsexo shahri prokuraturasining xabar berishicha, u 11 mingdan ortiq qotillik va qotillikka urinishda ishtirok etganlikda ayblanmoqda. Ish voyaga yetmaganlar palatasi tomonidan ko‘rib chiqilgan, chunki jinoyat sodir etilgan vaqtda gumonlanuvchi hali 21 yoshga to‘lmagan edi.
Natsistlar konslageri Shtutgof Germaniya tomonidan bosib olingan Polshaning Gdansk yaqinida 1939 yilda tashkil etilgan. Lagerda 65 mingga yaqin mahbus halok bo‘lgan. Shtutgof mahbuslarida tibbiy tajribalar o‘tkazilgan: inson tanasidan sovun ishlab chiqarish kashf qilingan. Hozirda konslager joylashgan hudud muzeyga aylantirilgan.
LiveBarchasi