Jizzaxda 30 ga yaqin daraxt noqonuniy kesib tashlandi

Jamiyat

image

Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidan o‘tuvchi M-39 avtomagistral yo‘l bo‘yidagi 30 ga yaqin daraxtlar noma’lum shaxslar tomonidan kesib tashlandi. Bu xaqda Ekologiya qo‘mitasi Jizzax viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 25 oktyabr kunidan 26 oktyabr kuniga o‘tar kechasi O‘rmon xo‘jaligiga qarashli bo‘lgan ushbu hududdan noma’lum shaxslar tomonidan 26 tup qayrag‘och va  o‘rik daraxti kesib ketilgan.

Holat yuzasidan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, G‘allaorol tumani Ichki ishlar bo‘limiga taqdim etildi.

“Hozirda daraxtni kesganlarning shaxsini aniqlash va holatga qonuniy baho berish yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyidadi viloyat ekologiya boshqarmasi xabarida.

 Shahboz Abdusattorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing