Ilon Mask Twitter'ga rahbar bo‘ldi
Olam
−
28 Oktabr 2022
7671Amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter rahbariga aylandi. Kompaniya rahbarlari o‘z lavozimini tark etdi. Bu haqda CNBC xabar bermoqda.
“Twitter bosh direktori Parag Agraval va moliya direktori Ned Segal kompaniyaning San-Fransiskodagi bosh qarorgohini tark etishdi va ular qaytib kelishmaydi”, deyiladi telekanal xabarida.
Xabar qilinganidek, Twitter 25 aprel kuni Maskning 44 milliard dollarlik taklifini qabul qilgandi. Biroq may oyi o‘rtalarida tadbirkor Twitter ijtimoiy tarmoqdagi soxta akkauntlar nisbati bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritmagunicha, kelishuvda boshqa harakat bo‘lmasligini aytdi.
Iyun oyidayoq Mask kompaniya unga so‘ralgan ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortgani sababli shartnomani bekor qilish bilan tahdid qilgan edi. Keyin Twitter vakili kompaniya kelishuv shartlariga muvofiq kelishuvni yopish uchun Mask bilan ma’lumot almashishda davom etishini aytdi.
Mask 28 oktyabrgacha Twitter’ni sotib olishni yakunlashi kerak edi, aks holda kompaniya bilan sudlashishiga to‘g‘ri kelardi.
LiveBarchasi