O‘zbekistonda aholining asosiy qismi faqat oylikka kun ko‘ryapti
Jamiyat
−
10 noyabr 2021
20862O‘zbekistonda aholining qariyb 70 foizining asosiy daromad asosiy manbai oylik ish xaqi bo‘lib qolmoqda. Bu haqda Markaziy bank tomonidan aholining turli guruhlari iste’mol kayfiyatini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovnoma xulosasida keltirilgan.
Ushbu o‘rganishga respondentlarning daromadlari va xarajatlari tarkibi, mavjud pul-mablag‘larini jamg‘arishga bo‘lgan moyilligi, shuningdek, ularning kelgusida kreditga bo‘lgan ehtiyojlarini aniqlash va tahlil qilish bo‘yicha savollar kiritilgan.
2021 yilning III choragi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda respondentlarning kelgusi daromadlari bo‘yicha kutilmalari II chorakdagi 7,3 banddan 8,8 bandgacha yuqoriladi.
Kuzatuvlarga ko‘ra, so‘rovda ishtirok etgan daromadlari 7 mln so‘mgacha bo‘lgan respondentlar ulushi jamiga nisbatan 86 foizni tashkil etmoqda (II chorak yakunlari bo‘yicha - 83 foizga teng).
Bunda, ishtirokchilarning qariyb 70 foizi daromadlarining asosiy manbai oylik ish xaqi, 15 foizga yaqini esa tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlarga to‘g‘ri kelishini ta’kidlashgan. Xorijdan pul o‘tkazmalarni qayd etgan respondentlar ulushi esa 3,4 foizga teng.
Shuningdek, hududlar kesimida ham rasmiy oylik ish haqi asosiy daromad manbai ekanligini ko‘rish mumkin. Xususan, Toshkent shahri (68,8 foiz), Buxoro (61 foiz), Andijon (58,7 foiz) va Toshkent viloyatlari (58,1 foiz) respondentlari javobalarida oylik moashning asosiy daromad sifatida yuqori ulushlar qayd etilgan.
Tadbirkorlik faoliyati shug‘ullanishni qayd etgan respondentlarning katta qismi Navoiy, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan va Xorazm viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
LiveBarchasi