7 yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi

3-sahifa

image

2015 yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak Turkiyada qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, erkak O‘zbekiston Respublikasi  Jinoyat kodeksining 155-moddasi 1-qismi (Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik), 156-moddasi 3-qismi (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish), 159-moddasi 3-qismi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 244/1-moddasi 3-qismi (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish), 244/2-moddasi 1-qismida (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, 2015 yildan Romitan tumani IIB tomonidan qidiruvga berilgan.

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarining hamkorlikdagi “Qidiruv” maxsus tezkor profilaktik tadbiri davomida 1977 yilda tug‘ilgan Romitan tumani “Xosa” mahallasida ro‘yxatda turgan E.H. Turkiya hududida yashirinib yurgan manzili aniqlangan. 

Shundan so‘ng, Turkiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida ushlangan hamda O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi ta’minlanib, tergov hibsxonasiga joylashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

618

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing