7 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
Bu qiziq
−
16 avgust
644118-19 avgust kunlari Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi. Bu haqda O‘zgidromet agentligi direktori Sherzod Habibullayev ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, quyidagi hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahri.
“Tog‘oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilardan hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.Respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi