696-kun: Rossiya va Ukrainaning yo‘qotishlari e’lon qilindi

Olam

image

Ukraina urushning 696-kunida Rossiya armiyasining yo‘qotishlari haqidagi ma’lumotlarni yangiladi. Bu haqda Ukraina Bosh shtabi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya hozirgacha 375 270 askar, 6 171 tank, 11 445 zirhli jangovar mashina, 8 868 artilleriya tizimi, 967 RYAS (reaktiv raketa o‘t uchirish tizimlari), 654 havo mudofaa tizimi, 331 harbiy samolyot, 324 ta vertolyot, 11 848 ta harbiy texnika, 6 934 ta uchuvchisiz qurilmalar (PUA), 1 818 ta qanotli raketalar, 23 ta kema/qayiq, 1 ta suvosti kemasi, 1 389 ta maxsus texnikasini yo‘qotgan.

O‘z navbatida, Rossiya ham Ukraina armiyasining urushning 696-kunidagi yo‘qotishlari haqidagi ma’lumotlarini yangiladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkov ma’lum qilgan.

“Maxsus operatsiya boshlanganidan buyon dushmanning 567 ta samolyoti, 265 ta vertolyoti, uchuvchisiz qurilmalari (PUA), 450 ta zenit-raketa kompleksi, 14 705 ta tank va boshqa zirhli qurollari, 1 202 ta raketa otish moslamasi, 7 795 ta artilleriya va minomyotlari, 17 641 ta maxsus harbiy texnikasi yo‘q qilindi”, deydi u o‘z bayonotida.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning dekabrida Rossiya Mudofaa Vaziri Sergey Shoygu "maxsus operatsiya" boshlanganidan beri Ukraina Qurolli kuchlarining 383 ming harbiy xizmatchisi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq urushning 681-kunida Rossiya va Ukrainaning jami yo‘qotishlari e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina yo'qotishlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing