65 yoshdan o‘tganlar uyda o‘tirsin – Hukumat tavsiyasi
Jamiyat
−
22 mart 2020
6159Biroz avval, O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, mamlakatda bir qator cheklovlar joriy etilganiga haqida xabar bergan edik.
Qarorga ko‘ra, koronavirusning 65 yoshdan yuqori bo‘lgan kishilar yuqish va og‘ir kechishi bilan bog‘liq holatlarni va boshqa mamlakatlardagi tajribani inobatga olgan holda fuqarolarining sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida zarur bo‘lmagan hollarda, ayniqsa, 65 yoshdan yuqori va surunkali kasali bor bo‘lgan fuqarolarning uyidan tashqariga chiqmasliklari va ko‘chaga chiqqanda – shaxsiy himoya vositalari (niqob)da bo‘lishlari tavsiya etilmoqda.
Barcha savdo va dexqon bozorlarida savdo qilish nuqtalarida kasallik profilaktikasi maqsadida aholining yaqin masofada bo‘lishlarini oldini olishga qaratilgan choralar ko‘riladi.
Eslatib ўтамиз, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtda ushbu virusni yuqtirib olganlar 42 nafarga yetdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor