61 ta dehqon bozorida sanitariya-gigiyenaga amal qilinmayotgani aniqlandi
Jamiyat
−
17 iyun 2022
3891O‘zbekistonda 61 ta dehqon bozorida sanitariya qoidalari va gigiyena normativlarga rioya etilmagani aniqlandi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Matbuot xizmati rahbari Maftuna Saidova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bozorda sanitariya qoidalari va gigiyena normativlarga rioya etilmagani ortidan 73 nafar mansabdor va javobgar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, hududiy sudlarga yuborilgan.
Go‘sht, sut, qandolat, salat va non mahsulotlarini savdo rastalaridan tashqarida, aravachalarda, maxsus kiyimlarsiz, tibbiy ko‘rikdan o‘tmasdan, sanitariya qoidalariga zid ravishda savdo qilayotgan 158 nafar fuqaroga ma’muriy bayonnoma tuzilib, o‘rnatilgan tartibda jarimaga tortilgan.
Shuningdek, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati o‘tgan, organoleptik ko‘rsatkichlari bo‘yicha normalarga javob bermaydigan 440198,5 kilogramm oziq-ovqat mahsulotlari savdosi taqiqlanib, o‘rnatilgan tartibda brakovka qilingan.
LiveBarchasi