600 mlnlik avtoraqam qayta sotuvga qo‘yildi. Xaridor pulni to‘lay olmagan

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonda ilk bor 30 Z 777 ZZ avtomobil raqami qariyb 600 million so‘mga sotilgan edi. Hozirda ushbu avtoraqam qayta sotuvga qo‘yildi.

IIV YHXBB Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, auksionda g‘olib bo‘lgan talabgor belgilangan summani to‘lay olmagan. Natijada belgilangan qoidalarga ko‘ra, u tomonidan to‘langan 11 mln 150 ming so‘m zakalat shartnoma majburiyatlari ijro etilmagani tufayli jarima sifatida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti daromadiga o‘tkazilgan.

Shu sababli mazkur avtoraqam Samarqand viloyati IIB YHXBB tomonidan qayta sotuvga qo‘yilgan hamda boshlang‘ich narx xuddi avvalgi kabi 111 mln 500 ming so‘m etib belgilangan. Auksion 5 fevral soat 12:28 gacha davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, avtoraqam sotilganidan so‘ng, shoir va rejissyor Ahad Qayum ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand hududiga tegishli ushbu “rekordchi” avtoraqamni sotib olgani haqidagi da’vo bilan chiqqandi. Vaziyatga aniqlik kiritish QALAMPIR.UZ Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi bilan bog‘langandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1087

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing