O‘zbekiston yo‘llari qachon epaqaga keladi?
Jamiyat
−
05 avgust 2019
2867Bugungi kunga kelib, mamlakatda 60 ming kilometr ichki yo‘llar yaroqsiz holga kelib qolgan va ta’mirga muhtoj. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida “O‘zbekistonda yo‘l qurilishi va yo‘l qoplamalarining sifatini yaxshilash masalalari” mavzuida o‘tkazilgan brifingda ma’lum bo‘ldi.
Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Nazarovga ko‘ra, respublikada yiliga 2 ming 700 kilometr yo‘l ta’mirlanmoqda va bu ko‘rsatkich 6 ming kilometrgacha yetadi.
Shuningdek, mutasaddining ta’kidlashicha, 2019 yilning birinchi yarim yilligida 1 trillion 873 milliard so‘mlik yo‘l qurilish ishlari bajarildi.
Birgina 2 kun oldin foydalanishga topshirilgan Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv omboriga olib boradigan yo‘l hamda yo‘l o‘tkazgichning ta’miriga 40 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Zamonaviy yo‘lsozlik me’yorlari asosida qayta ta’mirlangan yo‘l 2 polosadan 4 polosaga o‘tkazildi.
LiveBarchasi