60 dan ortiq davlat Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha taklif bilan chiqdi

Olam

image

67 ta davlat va Yevropa Ittifoqi “Tolibon” Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olganidan so‘ng, qo‘shma bayonot bilan chiqdi. Bu haqda “Kommersant’” nashri xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, ushbu davlatlar Afg‘onistondan chiqishni istaganlar uchun chegaralarni ochiq qoldirishni so‘rab, afg‘on xalqiga yordam berishga tayyorligini bildirgan. 

Qayd etilishicha, AQSH, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar bo‘yicha Oliy vakili, Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Polsha, Ukraina, Janubiy Koreya, Afrikaning ayrim davlatlari va Lotin Amerikasi shunday taklif bilan chiqqan.

“Ketishni istagan afg‘onlar va chet yelliklarga ruxsat berilishi kerak. Yo‘llar, aeroportlar va chegaralarni ochiq qoldirish va tinchlik saqlash kerak. Afg‘on xalqi xavfsiz va qadr-qimmatda yashashga loyiq. Biz ularga yordam berishga tayyormiz”, deyiladi murojaatda.

Bayonotda davlatlar Afg‘oniston xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ish olib borayotganini ta’kidlagan. Ular barcha tomonlarni hurmat qilishga va mamlakatni tark etish istagida bo‘lgan chet elliklar va afg‘onlarning xavfsiz, tartibli chiqib ketishi uchun sharoit yaratishga chaqirgan. Murojaatchilarning fikricha, Afg‘oniston hukumati odamlar va ularning mulkni himoya qilish uchun javobgar.

Ma’lumot uchun, kecha Afg‘onistonda “Tolibon” hokimiyati o‘rnatildi. Harakat butun mamlakat bo‘ylab nazorat o‘rnatilganini e’lon qildi. Shundan so‘ng, Prezident Ashraf G‘ani iste’foga chiqib, mamlakatni tark etdi. Ammo hozircha u qayerga ketgani no’malum.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1297

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing