Xon Saroy’dan yangi loyiha - “SHERXON HOUSE”

Biznes

O‘zining olti yillik faoliyati davomida Xon Saroy kompaniyasi ko‘chmas mulk bozorida salmoqli natijalarga erishdi. Kompaniya 2019 yilda bozorga kirib kelganidan buyon umumiy maydoni 609 000 kvadrat metrdan ortiq loyihalarni amalga oshirib, 5 000 dan ziyod xonadonni foydalanishga topshirdi. Kompaniya faoliyati natijasida 12 000 dan ortiq oila Xon Saroy uylarini tanladi. 

Bugungi kunda esa Navoiy shahrida qad rostlagan “Sherxan House”loyihasi o‘zining ko‘rkam va noodatiy dizayni bilan ajralib turadi. Zamonaviy turar joy majmuasi har biri 10 qavatli to‘rtta blokdan iborat bo‘lib, jami 511 ta xonadonni o‘z ichiga oladi. Turli rejalashtirishdagi xonadonlar aholining ehtiyoj va dididan kelib chiqib ishlangan bo‘lib, keng va qulay yashash sharoitlari yaratilgan. 

“SHERXON HOUSE” loyihasi qurilishi 2020 yilda boshlangan bo‘lib, bugunga kelib u chiroyli qad rostladi va tantanali ochilish shou marosimi ko‘plab mehmonlar ishtirokida o‘tkazildi. Dastur davomida taniqli san’atkor va blogerlar ishtirokida turli qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. G‘oliblarga esa Xon Saroy tomonidan esdalik va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Majmuaning zamonaviy qiyofasi va qurilish sifati navoiyliklar e’tiborini tortdi. Ko‘plab fuqarolar ushbu loyihadan xonadon xarid qilib, yangi turmush tarzini tanlashmoqda.  

Uy xarid qilishda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi haqida ham fikrlar bildirildi. San’at vakillarining aytishicha, ular shaxsan o‘zlari Xon Saroy loyihalaridan bir necha bor xonadon xarid qilgan. Ular uylarning yuqori sifat bilan qurilgani, zamonaviylik va mustahkamlik uyg‘unligi mujassam ekanini ta’kidladi. Shuningdek, qurilish jarayonida bevosita ishtirok etganini, ishlarda mustahkam va sifatli materiallardan foydalanilayotganiga guvoh bo‘lganini alohida e’tirof etib, xalqimizga ikkilanmasdan mazkur loyihadan uy xarid qilishni tavsiya qildi. 

QALAMPIR.UZ jamoasi ham mazkur ochilish tadbirida ishtirok etib, fuqarolar bilan samimiy suhbatlar uyushtirdi. Aholining kayfiyati yuqori ekani sezildi – ular bir ovozdan Xon Saroy kompaniyasi faoliyatidan mamnun ekanini bildirdi. Xon Saroy nafaqat zamonaviy va sifatli uy-joylar barpo etish bilan cheklanadi, balki kompaniya ijtimoiy hayotda ham faol ishtirok etib, aholi kayfiyatini ko‘tarishga qaratilgan madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar, san’at ahlini birlashtiruvchi shou dasturlarini ham yo‘lga qo‘ygan.

Telefon: +998712007400

Instagram | Sayt

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing