Buxoro viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
Jamiyat
−
17 iyul 2019 11084 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Dilshod Nadjimovich Fayziyev Buxoro viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.
Dilshod Fayziyev tayinlovga qadar Buxoro viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Buxoro viloyatining avvalgi prokurori Bahriddin Bahodirovich Valiyev Toshkent shahar prokurori etib tayinlangandi.
Live
Barchasi