6 yoshli bola o‘qituvchini otib qo‘ydi
Olam
−
07 yanvar 2023 18061 1 daqiqa
Amerika Qo‘shma Shtatlarining Virjiniya shtatida olti yoshli bola boshlang‘ich maktab o‘qituvchisiga qarata o‘q uzdi. Bu haqda politsiya vakiliga tayanib, CNN xabar berdi.
Kecha, 6 yanvar kuni politsiya bolani qo‘lga oldi. Ayblanuvchining so‘zlariga ko‘ra, ular o‘rtasida mojaro kelib chiqqanidan keyin bola ataylab o‘qituvchini otgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan. Uning sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar hayot uchun xavfli, deb baholanmoqda.
Otishma paytida o‘quvchilardan hech biri jabrlanmagan.
Live
Barchasi