6 oyda 18 nafar IIO xodimi xizmat chog‘ida vafot etdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 6 oyida 18 nafar ichki ishlar organi xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan. Bu haqda bugun, 14 iyul kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Ramazon Ashropov Ichki ishlar organlari faoliyati yuzasidan joriy yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha tahliliy hisobot matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“2026 yilning o‘zida 18 nafar xodim xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etgan. Ularning yorqin xotirasi esa qalbimizda mangu yashaydi. Shu bilan birga 78 nafar safdoshlarimiz turli xavfli vaziyatlarni bartaraf qilish jarayonida jarohatlangan”, deydi u.

Ma’lumot uchun, 2025 yilda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida 6 nafar xodim vafot etib, 131 nafari jarohatlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning 21 noyabr kuni Namangan viloyati, Davlatobod tumanida hujjatga ega bo‘lmagan haydovchi xizmat olib borayotgan katta serjant Vahobjon Mo‘minovni urib ketib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgan edi. Keyinroq, haydovchiga nisbatan 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, joriy yilning 25 fevral kuni 10 sinf o‘quvchisi BMWʼda yo‘l-patrul xizmati xodimini urib ketib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing