6 oy ichida sotilmagan “chiroyli” raqamlar arzon narxda auksionga qo‘yiladi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adli vazirligi ma’lum qildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, “chiroyli” raqamlar auksionga qo‘yilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida sotilmagan taqdirda:

•    1 va 2-toifadagi raqamlar mos ravishda 2 va 3-toifalarga doir boshlang‘ich narxlarda auksionga qo‘yiladi (harflari bir xil kombinatsiyada bo‘lgan raqamlardan tashqari);

•    4-6-toifadagi raqamlar auksiondan olinib, auksionga qo‘yilgan boshlang‘ich narxda umumiy tartibda realizatsiya qilinadi.

Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan “chiroyli” raqamlarning 1-3-toifalari istalgan harf kombinatsiyalari bilan auksionga qo‘yilishi mumkin.

Bunda ushbu raqamlarning auksionga qo‘yiladigan boshlang‘ich narxlari quyidagicha belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

auktsion

Baholaganlar

880

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing