58 yashar onaxon metro relsiga yiqildi
Jamiyat
−
11 iyul 2019 4540 1 daqiqa
Bugun, 11 iyul kuni soat 16:00 atrofida 58 yashar onaxon Toshkent metropolitenining “Paxtakor” bekatida poyezd relesiga yiqilib tushdi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Stansiya xodimlarining tezkor yordamlari natijasida 1961 yilda tug‘ilgan K.V. platformaga hech qanday jarohatlarsiz olib chiqilgan. U o‘zini metroga tushgan vaqtida boshi aylanganligini aytgan.
Mazkur holat metropoliten poyezdlarining harakat jadvaliga ta’sir ko‘rsatmagani aytilmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ yo‘lovchilardan issiq kunlarda ehtiyot bo‘lishlarini va organizmning haddan tashqari qizib ketishiga nisbatan choralarni ko‘rishlarini so‘ramoqda.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr