5000 dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan o‘qituvchi ushlandi

Jamiyat

image

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘qituvchisi 5000 AQSH dollari evaziga oliygohga o‘qishga kiritishni va’da qildi. Ammo uning o‘ylagan rejasi amalga oshmay qoldi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 16 iyun kuni Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasiga 1987 yilda Samarqand tumanida tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qiladi. U o‘z arizasida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti o‘qituvchisi 5000 AQSH dollari evaziga oliygohga o‘qishga kiritishni va’da qilayotgani, oldindan 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni berishini so‘rayotganini, qolganini o‘qishga kirgandan keyin olishini bildirayotganini ma’lum qiladi. Unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘raydi.

Mazkur arizaga asosan, 2020 yil 16 iyun kuni Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkaziladi. Ushbu fuqaro ariza muallifidan 2000 AQSH dollari miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya o'qituvchi

Baholaganlar

146

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing