Chegarada 500 ming dollar kontrabandasi to‘xtatildi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2019
4962Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi naqd xorijiy valyutalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi.
Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, joriy yilning 3 oktyabr kuni Farg‘ona viloyatida fuqaro M.N. boshqaruvidagi Lada XRAY rusumli avtoulov qo‘shni davlatga o‘tish maqsadida harakatlanib ketayotgan vaqtida to‘xtatildi.
Avtoulovni to‘xtatish jarayonida haydovchi M.N. mazkur avtoulovdan o‘ramlarni olib, qir-adirga yashirishga uringan vaqtida qo‘lga olindi.
Qora paketlarga solingan mazkur o‘ramlar qonunbuzarning o‘zi va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ularda jami 516 486 AQSH dollari mavjudligi va mazkur naqd xorijiy valyutalarni qo‘shni davlatga noqonuniy olib chiqish rejalashtirilganligi aniqlandi.
Hozirda qonunbuzardan naqd xorijiy valyutalar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilib, holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
LiveBarchasi