5 yil stajga ega xodimlarini OTMga tavsiya etish huquqi berilgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
Jamiyat
−
08 avgust 2022
283642022/2023 o‘quv yili uchun iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.
Ro‘yxatday xodimlarini o‘qishga tavsiya etish huquqi berilgan jami 86 ta tashkilot joy olgan. Tavsiya etilgan fuqarolar suhbat natijalariga ko‘ra, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
Bunda, ro‘yxatda keltirilgan tashkilotlar tavsiyanomasiga ega bo‘lgan talabgorlar 2022 yil 8 avgustdan 22 avgustgacha (shu kuni ham) Davlat test markazi maxsus elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalari har bir o‘quv yili uchun markaziy hamda hududiy tuzilmalari va tizim tashkilotlaridan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin.
2022/2023 o‘quv yili uchun iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega tashkilotlar orasida Prezident Adminstratsiyasi va uning tashkilotlari, Adliya vazirligi, Energetika vazirligi va boshqa tashkilotlar o‘rin olgan. Ro‘yxat bilan quyida to‘liq tanishishingiz mumkin:
LiveBarchasi