5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar tavsiyanoma bilan OTMga qabul qilinadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining kecha, 9 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan nizomda belgilandi.

Bunda o‘qishga qabul qilish Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasi asosida amalga oshiriladi.

Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi mezonlarning barchasiga muvofiq kelishi kerak:

•    o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
•    tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;
•    o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab 3 yil davomida faqat bir marta OTMga qabul qilinishi uchun amal qiladi.

Tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga har yili 1 maydan 1 iyungacha ariza bilan murojaat qiladi.

Ariza va hujjatlar 7 iyungacha ko‘rib chiqiladi.

Shunga ko‘ra, ishchi guruh xulosasi 10 iyungacha Qo‘mitaga taqdim qilinadi.

Hujjatlar Qo‘mita tomonidan 14 iyungacha ko‘rib chiqilib, tavsiyanoma berish yoki uni rad etish to‘g‘risida buyruq chiqariladi.

Ishchi guruh har yili 15 iyungacha tavsiyanoma talabgorlarga yetkazilishini ta’minlaydi.

Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uchun tanlovlar umumiy tartibda davlat OTMning bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida o‘tkaziladi.

Kirish imtihonlari yakuniga ko‘ra talabalikka tavsiya etilmagan, biroq to‘plash mumkin bo‘lgan eng yuqori ballning 30 foizidan kam bo‘lmagan ballni to‘plagan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

446

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing