O‘zbekistonda 5 vazir ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi
Jamiyat
−
23 Sentabr
109114Ayni paytda 5 nafar vazir agar deputatlikka saylansa, lavozimidan voz kechishi haqida ariza yozgan.
Bular:
- Adliya vaziri Akbar Toshqulov;
- Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov;
- Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova;
- Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov;
- Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov.
Saylov kodeksining 72-moddasiga ko‘ra, deputatlikka nomzodi ko‘rsatilgan shaxsning o‘z nomzodi tegishli bir mandatli saylov okrugidan ovozga qo‘yilishiga yoki partiya ro‘yxatiga kiritilishiga rozi ekanligi, basharti u Qonunchilik palatasi deputati etib saylangudek bo‘lsa, egallab turgan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozadi.
Siyosiy partiyalarning parlament va mahalliy kengashlar deputatligiga qo‘yilgan nomzodlari tarkibida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Ozoda Parpiboyeva, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonovlar ham bor.
Shuningdek, madaniyat va san’at vakillari ichidan Yodgor Sa’diyev, Ra’no Shodiyeva, Gavhar Zokirova, Ra’no Zokirova va Dilnoza Kubayevalar ham deputatlikka o‘z nomzodlarini qo‘ygan.
Ma’lumot uchun, qonunchilik palatasi deputatlari o‘z vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin emas. Qonunchilik palatasi deputatiga uning deputatlik faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovi 2024 yil 27 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi