5 kunda 4 ta katta savdo do‘koni ochish mumkinmi?
Biznes
−
02 avgust 2021
13828Albatta mumkin! “ISHONCH” do‘konlar tarmog‘i buning uddasidan chiqdi va iyul oyining so‘nggi 5 kunida 4ta yangi filiallarini ishga tushirib filiallari sonini 39taga yetkazdi. Ushbu savdo do‘konlari Buxoro, Xiva, Zarafshon shaharlari hamda Urgut tumanida joylashgan.
“ISHONCH” do‘konlar tarmog‘ining yangi ochilgan filiallari Yevropa standartlari asosida yangicha dizaynda bo‘lib, tashrif buyuruvchilar uchun qulay imkoniyatlarga ega. Har bir savdo do‘konida 7000 xildan ortiq turdagi mahsulotlar mavjud bo‘lib, shu yerdagi aholi endilikda o‘z hayotlarini farovon qilish uchun kerakli mahsulotlarni ushbu savdo do‘konlaridan muddatli to‘lovga xarid qilishlari mumkin.
Har bir savdo do‘koni aholi uchun qulay joyda joylashgan bo‘lib, savdo do‘konini topib kelish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Keng assortiment, qulay narxlar, sifatli xizmat, xodimlarning xush muomalasi, mijozlar uchun yaratilgan imkoniyatlar sababli savdo do‘konlariga tashrif buyuruvchilarning ko‘p qismi “ISHONCH”dan mahsulot xarid qilmasdan chiqib keta olmaydi.
Yangi ochilgan 4ta filialda jami 270dan ortiq yangi ishchi o‘rinlari yaratildi va bu ish o‘rinlariga asosan ushbu manzillarda istiqomat qiluvchi yosh yigit-qizlar ishga joylashdi. ISHONCH do‘konlar tarmog‘i yangi ochilayotgan filialiga ishga qabul qilingan xodimlarga kerakli treninglar va o‘quv mashg‘ulotlari tashkillanadi, bundan tashqari savdo do‘konlaridagi malakali mutaxassis xodimlar tomonidan “ustoz-shogird” an’anasiga muvofiq o‘qitib, tayyorlanadi.
Tez kunlarda “ISHONCH” do‘konlar tarmog‘i Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Ishtixon tumanida, Xorazm viloyatining Gurlan tumanida, Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumani, Navoiy viloyatining Navoiy shahrida, Qoraqalpog‘iston respublikasining Beruniy tumanlarida yangi savdo do‘konlarini ishga tushiradi. Ushbu hududda yashovchi yoshlarda “ISHONCH” do‘konlar tarmog‘iga ishga kirish istagi tug‘ilgan bo‘lsa kompaniyaning telegramdagi boti orqali o‘z anketalarini qoldirishlari mumkin.
Urgut filiali:
Urgut tumani, Urgut shahri, Navbog‘ MFY
Mo‘ljal: Olmos ota to‘yxonasi yaqinida
Buxoro filiali:
Buxoro shahri, Havzi Nav ko‘chasi, 21-uy
Mo‘ljal: Jannat to‘yxonasi yonida
Xiva filiali:
Manzil: Xiva shahri, Mevaston mahallasi, Feruz ko‘chasi, 12-uy
Mo‘ljal: Ipoteka bank va davlat xizmatlari agentligi yonida
Zarafshon filiali:
Manzil: Zarafshon shahar, sanoat hududi
Mo‘ljal: Markaziy bozor yaqinida
Batafsil ma’lumot uchun: +99873 515 22 22
Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanal va sahifalar:
Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring.
Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing.
Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling.
Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling.
YouTube'da bizni kuzatib boring.
Reklama huquqi asosida
LiveBarchasi